Qanday ishlaydi?
Nega aynan biz?
Qo'shimcha xizmat
Xizmatlarimiz
Biz haqimizda
Bosh sahifa
+998 55 504 99 99
Sotuv bo'limingizni tizimlashtirish va avtomatlashtirish orqali har oy sotuvlaringizni 20% dan oshiring
Offline sotuvdan online sotuvga o'tkazib beramiz
Bu xizmat kimlar uchun zarur?
Biz asosan quyidagi 5 toifa tadbirkorlarga natija beramiz:
Qurilish va Ko‘chmas mulk
Boshqa bizneslarga xizmat yoki tovar sotadiganlar uchun shartnoma jarayonlarini tezlashtirish kerak bo‘lganlar.
Ishlab chiqaruvchilar
Qimmat savdolar. Mijoz bilan uzoq ishlash kerak, lekin menejerlar mijozni "esdan chiqarib" yuboryapti.
B2B sektori ishlovchilar
Ulgurji savdo (Optom)
Xizmat ko‘rsatish sohasi
O‘quv markazlar, klinikalar, logistika — mijoz qo‘ng‘iroq qiladi, lekin ma’mur (admin) ularni yopib, to‘lovgacha olib borolmayapti.
Mijozlar bazasi tartibsiz, qaysi mijoz qachon, qancha olgani noma’lum, qarz daftarlari chalkash.
Mahsulot sifatli, lekin omborda tovar turib qolyapti yoki faqat eski mijozlar hisobiga savdo bo‘lyapti.
Sotuv bo‘limingizda ushbu 6 ta muammo bormi?
Yulduz xodimga bog‘liqlik:
Hamma savdoni 1-2 ta eski xodim qiladi. Agar ular ketsa, biznesingiz xavf ostida qoladi.
Skriptsiz ishlash:
Operatorlar mijozga shunchaki "ma’lumot beruvchi". Ular e’tirozlar ("Qimmat", "O‘ylab ko‘raman") bilan ishlamaydi.
Xodim yollash azobi:
Yaxshi kadr topish qiyin, topilganlari ham tizim yo‘qligi sababli tez ketib qoladi.
Mijozlar "kuyib" ketyapti:
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar ko‘p, lekin real xaridorga aylanayotganlar kam.
CRM yo‘qligi sababli mijozlar unutiladi
Hisob-kitob chalkashligi:
"Bugun qancha savdo bo‘ldi?", "Nechta mijoz telefon qildi?" degan savollarga aniq raqamli javob yo‘q
Nazorat yo‘qligi:
Siz ofisda bo‘lmasangiz, ish to‘xtaydi, telefonlarga javob berilmaydi yoki kech javob beriladi.
Biz muammolaringizga qarab 2 xil kompleks yechim taklif qilamiz:
Raqobatchilar tahlili
Raqobatchilaringizni "razvedka" qilib, ularning yutuq va kamchiliklari asosida sizga yutuqli strategiya tuzib beramiz.
Senariy va Skriptlar
Sotuvchilar uchun har qanday e’tirozni yengishga va savdoni yopishga yordam beradigan tayyor gapirish andozalari.
CRM Tizimlari
Mijozlar bazasini raqamlashtiramiz. Barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi va hech bir mijoz nazoratsiz qolmaydi.
Xodim yollash tizimi
Kuchli kadrni tanlash, suhbatdan o‘tkazish va ishga olish bo‘yicha tayyor instruksiya va tizimni joriy qilib beramiz.
Xodimlarni o‘qitish
Mavjud jamoangizga mijoz psixologiyasi va savdoni muvaffaqiyatli yopish texnikalarini o‘rgatamiz.
KPI Tizimi
Xodimlarni faqat "keldi-ketdi"ga emas, real savdo natijasiga qarab haq oladigan adolatli tizimga o‘tkazamiz.
Biz haqimizda
50+
tadbirkor bizning xizmatimizdan foydalanib, yaxshi natijalarga erishdi.
3 yil +
3 yillik tajribaga asoslangan mukammal tizimli sotuv bo'limini qurib beramiz!
Biz – Biznesingiz rivojiga mas'ulmiz.

Biz Samarqand bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunadigan amaliyotchi mutaxassislarmiz. Bizning maqsadimiz – tadbirkorni operatsion ishlardan (rutinadan) ozod qilish va biznesni tizimlashtirishdir.

Shu kungacha 50 dan ortiq mahalliy kompaniyalarda sotuv bo‘limini noldan qurdik va ularning daromadini o‘rtacha 126% ga oshirdik. Biz nazariya o‘qimaymiz, biz kelamiz, quramiz va natija ko‘rsatamiz.
Bu tizim qanday ishlaydi?
Instrumentlarni tayyorlash:
Skriptlar yoziladi, CRM ulanadi,
KPI belgilanadi va kerakli hujjatlar tayyorlanadi.
Jamoani shakllantirish va O‘qitish:
Yangi xodimlar olinadi yoki eskilar qayta o‘qitiladi. Tizim amaliyotga
joriy etiladi.
Sinov va Topshirish:
Tizim ishga tushiriladi, kamchiliklar to‘g‘irlanadi va sizga tayyor, ishlayotgan "Sotuv mashinasi" topshiriladi.
Tahlil va Strategiya: Biznesingizni o‘rganamiz, raqobatchilarni tahlil qilamiz va sizga mos sotuv strategiyasini tuzamiz.
Nega mening strukturamni tanlashingiz kerak?
Mahalliy tajriba:
Samarqand mijozi bilan qanday gaplashish kerakligini va mahalliy mentalitetni inobatga olamiz
Moslashuvchanlik:
Sizga nima kerak bo‘lsa, o‘shani olsiz. Ortiqcha xizmatlar tiqishtirilmaydi.
Texnologiya:
AmoCRM va Bitrix24 kabi eng kuchli vositalarni biznesingizga professional darajada o‘rnatib beramiz.
Mustaqillik:
Biz o‘rnatgan tizim (yollash, skriptlar) biz ketganimizdan keyin ham sizga yillar davomida xizmat qiladi.
Raqamli yondashuv:
Biz hissiyotga emas, aniq raqamlarga va analitikaga tayanamiz.
Ixtisoslashuv:
Biz "hamma narsa" bilan shug‘ullanmaymiz. Biz faqat Sotuv va Call-markaz bo‘yicha ekspertmiz
Mijozlar fikrlari
Ko‘p beriladigan savollar:
@olloshukur_yoqubov
FAQ
Loyihalarimiz
Bizning ustunliklarimiz
Biz haqimizda
Bosh sahifa
Navigatsiya
Telegram orqali bog‘lanish
Elektron pochta
olloshukuryoqubov1@gmail.com
Telefon raqam
+998 91 999 46 66
Made on
Tilda